“RAHBAR KUBOGI” G‘OLIBI ANIQLANDI

🏓 Stol tennisi tanani sog‘lom qilishi bilan birga ko‘zni ravshanlashtirish, diqqatni jamlash hamda tez qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi xususiyatlari bilan ham har kun shug‘ullanish lozim bo‘lgan sport o‘yinlardan hisoblanadi.

Bugungi “Rahbar kubogi” nomi ostida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasi ham ishtirokchilarning qanchalik mahoratli, shiddatli va tezkor ekanligini aniqlab berdi.

✍️ Kutilmagan natijalar va shiddatli kurashga boy bo‘lgan o‘yin natijasida 19-sonli yong‘in qutqaruv qismi qutqaruvchisi Bahodir Zokirov mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Tashkura” karyeri elektrgazpayvandlovchisi Nursulton Maxsudov 2-o‘rinni, Avtotransport sexi boshlig‘i o‘rinbosari Yoqub Shukurov 3-o‘rinli sovrinlarni egallashdi.

✍️ G‘oliblar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.