“QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI”MCHJDA AYOLLAR O‘RTASIDA BADMINTON MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI.

🏸 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ayollar o‘rtasida badminton musobaqasi tashkil etildi. Unda korxonaning turli bo‘limlaridan eng yaxshi sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyon qilishdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar kuch, chidamlilik va haqiqiy sport raqobati ruhini ko‘rsatishdi.

✅ Musobaqa natijalariga ko’ra, birinchi o‘rinni 5-sex operatori Muydinova Elmira egalladi. Ikkinchi o‘rinni direktor maslahatchisi Suyunova Soxiba qo‘lga kiritdi, uchinchi o‘rin esa Kasaba uyushma qo‘mitasi inspektori Ruziyeva Sadoqatga nasib etdi. G‘oliblar ajoyib tayyorgarlik va qat’iyatliliklarini namoyish etib, korxona rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

✍️ Ushbu sport tadbiri xodimlar salomatligini mustahkamlash, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jamoa orasida sog’lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.