KORXONADA BAHOR TAOMI SUMALAK TAYYORLANDI

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda sumalak sayli boshlandi.

🍀 Sumalak – Navro‘zning shoh taomi bo‘lib, u bahorda vitaminlar tanqisligiga qarshi eng yaxshi darmon hisoblanadi. Inson tanasiga quvvat, energiya berishi bilan o‘zbek xalqi orasida asrlar osha pishirib, sevib iste’mol qilib kelinadi.

🤲 Korxonada boshlangan sumalak saylida yaxshi niyatlar bilan qozonga bug‘doy, un va yog‘ solinib, keksalardan duo, ishchi-xodimlardan ezgu niyatlari olindi.