QADRIYATLARING BOQIY BO‘LSIN, NAVRO‘Z!
✅ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” deb nomalangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✍️ Tadbirni korxona direktorining moliyaviy va iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Turayev ochib berib, yurtimizga kirib kelgan bahor faslining go‘zal ayyomi Navro‘z bilan barchani tabrikladi. Fayzli va barokatli, yaxshilik ila kirib kelgan Navro‘z yurtimizga tinchlik, baraka va fayzli bo‘lishini tiladi.
🌸 Bayram tadbirida korxona xotin-qizlari o‘rtasida o’zbek xalqining milliy ma’naviy merosini asrab-avaylash, milliy liboslarning go’zalligi va jozibasini yoshlar o’rtasida keng targ’ib etish maqsadida “Milliy liboslar” tanlovi, Milliy o‘yinlar jozibasini oshirish, yigitlarni birdamlik va chaqqonlikka chorlovchi arqon tortish va kuch sinash kabi milliy o‘yinlar o‘tkazildi.



