“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, tajribali mutaxassislarni yuqori lavozimlarga ko‘tarish, zahiradagi rahbar kadrlarni aniqlash maqsadida ishchi-xodimlar uchun qabul bo‘lib o‘tdi.

👨‍💻 Qabulni tegishli yo‘nalishlarga oid mutaxassislar, komplayens va yuridik byuro vakillari va bo‘lim boshliqlaridan iborat komissiya a’zolari olib bordi. Suhbat davomida bo‘sh ish o‘rinlarga nomzodini qo‘yganlar, boshqa ish o‘rniga o‘tishni istaganlar va ishlab turgan lavozimida razryadini oshirishni so‘ragan 23 nafar xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

📚 Suhbat natijalari komissiya a’zolarining yakuniy xulosasiga ko‘ra e’lon qilinadi.