“RAHBAR VA YOSHLAR”UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
✅ Uchrashuv “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Rustam Saliyevning korxona faol yosh mutaxassislari bilan fikr almashish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi hamda muammolariga yechim berish maqsadida o‘tkazildi.
✅ Uchrashuv doirasida korxona direktori ishlab chiqarish sohasida olib borilayotgan islohotlar, “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturida yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda belgilangan vazifalar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
✅ Muloqot jarayonida asosan razryadlarini oshirish, boshqa lavozimlarga o‘tish, Fosforit ishlab chiqarish sexida ishlarni tezkor va sifatli olib borish uchun qulay sharoitlar yaratish, avtotransport vositalarini ta’mirlash uchun yopiq maydonlar tashkil etish, mehnat ta’tillari yuzasidan murojaat va takliflari tinglandi.
📚 Yoshlar tomonidan berilgan takliflar va murojaatlarning hal etilishi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.



