KUN QAHRAMONI❗️

📚 Zamon shiddat bilan rivojlanib qo‘l mehnati o‘rnini avtomatlashtirilgan tizim egallamoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan yosh tajribali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.

💠 Kun qahramoni loyihamizning bugungi qahramoni o‘zi yosh bo‘lishiga qaramasdan uzoq yillik tajribaga ega, 10 ga yaqin shogirdlarga ustozlik qilgan Nazorat o‘lchash asboblari va avtomatlashtirish uchastkasi ustasi Boburbek Babakulov Barnakulovichdir.

📚 Boburbekning korxonada 16 yillik faoliyatida jamoa bilan ishlash, o‘z kasbiga va yangi texnologiyalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshishiga sabab bo‘lgan.

👩‍👩‍👦‍👦 Boburbek Babakulov hozirda 3 farzandning otasi, oilaning yo‘lboshchisidir.

🎗 Qahramonimiz hayotda tanada sog‘lik, oilada tinchlik bo‘lsa hamma ish baroridan keladi, degan qoidaga amal qiladi.