“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari Nurota ziyoratgohida bo‘lishdi.
✍️ Uzoq ming yillik tarixga ega, takrorlanmas muqaddas qadamjolari va ko‘plab avliyolari bilan mashhur bo‘lgan Nurota har bir o‘zbekistonlik borishi kerak bo’lgan muhim dargohdir.
✅ Sayohatchilar “muqaddas manba” nomi bilan tanilgan Chashma ziyoratgohi hamda qadimiy g‘orni hamda qadamjolarni ziyorat qilishdi, yaxshi niyatlar qilib fotiha qilishdi.

