KORXONANING ENG FAOL YOSH KIMYOGARI ANIQLANDI
📚 Yangi tajribalar ustida ish olib borish, soha muammolariga yechim topish, bilim va ko‘nikmalarni oshirib turish bugungi zamon yosh mutaxassislari oldiga qo‘yilayotgan talablardir.
⚗️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ham kuni kecha o‘tkazilgan yosh kimyogarlar o‘rtasidagi “Yilning eng faol yosh kimyogari” ko‘rik-tanlovi mutaxassislarning tajriba va bilimlarini, sohadagi ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
📜 Tanlovda ishtirokchilar amaliy ishlanmalarni ko‘rsatib berish va savol-javob shartlarida bellashdilar. Natijalarga ko‘ra,
✔️ 1-o‘rin Abusaid Nematovga;
✔️ 2-o‘rin Shaxzod Eshmamatovga;
✔️ 3-o‘rin Sayyora Zamonovalarga nasib etdi.
🏆 G‘oliblar korxona rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlandi.

