MINI-FUTBOL BO‘YICHA “RAHBAR KUBOGI” O‘YINLARI BOSHLANDI

🏵 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda kuni kecha erkaklar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi boshlandi.

✅ Millionlar o‘yini hisoblangan futbol korxonamiz ishchi-xodimlari uchun ham katta qiziqishlarga sabab bo‘lgan va ommalashgan o‘yinlardandir. O‘yinda bo‘lim va sexlardan tashkil topgan 10 ta jamoa bellashuvni boshlashdi.

♻️ Albatta kuchlilar, mahoratli va chaqqonlar g‘olib bo‘ladi. G‘oliblarni esa 4 kun davom etadigan musobaqa aniqlab beradi. Barcha jamoalarning o‘yinlariga esa omad tilab qolamiz..