FUTBOL BO‘YICHA RAHBAR KUBOGI SOHIBLARI ANIQLANDI

⚽️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari o‘rtasida 4 kun davom etgan mini-futbol sport musobaqasi yakuniga yetdi.

♻️ Murosasiz kurash va hayajonli daqiqalarga boy o‘tgan musobaqa yakuniga ko‘ra, mutlaq g‘oliblik “Tashkura” karyer-1 jamoasiga, ikkinchi o‘rin Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexi jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Kon transport sexi jamoalariga nasib etdi.

✍️ Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantitish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takommilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-son qarori ijrosini ta’minlash hamda ishchi-xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

🏆 Musobaqa g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.