TINCHLIK HAQQI UYG‘OQ XOTIRA
🇺🇿 Bugun O‘zbekistonda eng ulug‘ va qadrlanadigan sanalardan biri — 9-may kunining 80 yilligini keng nishonlab turibmiz. 🌺
🎖“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ota-bobolarimizning mardlik, jasorat va fidoiylik xotirasini qadrlash yaxshi an’anaga aylangan. Shu bilan birga ushbu ulug‘ kunda korxona rahbariyat vakillari “Inson qadri aziz, xotirasi muqaddas” shiori ostida urush qahramonlari, mehnat faxriylari, faol yoshlar hamda bemor va ko‘makka muhtoj ayollar holidan xabar olish maqsadida xonadonlarda bo‘lishdi. Ularni bayram bilan tabriklab, muammolari, yashash sharoitlari o‘rganildi hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.
☀️ Ajdodlarimizning tinchlik uchun ko‘rsatgan jasoratlari, mehnat faxriylarining yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan yuksak ishlari bilan bugun tinch va osuda yurtda yashash nasibiz bo‘lib turibdi.



