Forum ishtirokchilari “Maxam-Chirchiq” AJga tegishli “Kimyogar”bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida kutib olindi.
📜 Ishtirokchilarning xavfsizligi hamda salomatligini ta’minlash maqsadida oromgoh yo‘l-yo‘rig‘i bilan tanishtirildi.
🌐 Shundan so‘ng ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, biletlarda yashiringan mavzularini olishdi. Guruh a’zolarining bir-birlari bilan tanishuvi, belgilangan mavzular yuzasidan ishlanmalari bo‘yicha muhokamalarini boshlashdi.
♻️ So‘lim tog‘ yonbag‘rida jam bo‘lgan yosh mutaxassislar hamda talabalar forum doirasida do‘stona munosabat hamda tajriba almashishlari uchun muhim jarayon egasiga aylanishdi.



