BIR GURUH FIDOIY XODIMLAR TAQDIRLANDI

✍️ Sohaning fidoiysi bo’lish insondan nafaqat bilim va tajriba, balki, yillarni talab qilishi mumkin. “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda Kimyogarlar kuni kasb bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlanib, sohada ana shunday fidoiy bo‘lgan ishchi-xodimlar munosib rag‘batlantirildi.

🏅 Korxona rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan hamda sadoqatli mehnat qilib kelayotgan 21 nafar xodim “Fidokorona xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

📜 Shuningdek, kimyosanoati rivojiga hissasini qo‘shib kelayotgan, jamoadoshlari orasida hurmat qozongan 10 nafar ishchi-xodimga “O‘zkimyosanoat” AJning faxriy yorliqlari topshirildi.

🎁 Korxonada ko‘p yillar mehnat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan 6 nafar nuroniylarga sovg‘alar berildi.

✅ Mukofotlarni korxona direktori Rustam Saliyev topshirib, ularga kasbida omad yor bo‘lishini tiladi.