«Rahbar va yoshlar» uchrashuv yoshlarning takliflari bilan qizg’in kechdi

🌀 Kimyosanoati yosh mutaxassislar milliy forumi doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Korjikov hamda mas’ul rahbar xodimlar va yoshlar kimyosanoati rivoji va yoshlar muammolari yuzasidan ochiq muloqot qilishdi.

✍️ Takliflardan kelib chiqib korxonalarda “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibida kerakli yo‘nalishlarda o‘qishlar tashkillashtirish, kibersport turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirish, keyingi yilda o‘tkazilayotgan forumning innovatsion loyihalarini oldinroq taqdim etilishi va loyihalarning puxta tayyorgarlik ko’rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

💠 Rahbar va yoshlar uchrashuvi ochiq va samimiy muloqot tarzida tashkil etilib, yoshlarning soha rivojiga oid taklif va tashabbuslari tinglandi.