VOLEYBOL VA STOL TENNISI MUSOBAQALARIDA HAM G‘OLIBLIK KORXONAMIZ VAKILLARIDA

Avval xabar berganimizdek, Navoiy viloyati Konimex tumanida boshlangan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi voleybol va stol tennisi musobaqasining tuman bosqichi yakunlandi.

🎖 Konimex tuman sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida idora va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida voleybol va stol tennisi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

💠 Musobaqada tumandagi turli idora va tashkilotlar jamoalari faol ishtirok etdi. Bahslar murosasiz va qizg‘in ruhda kechdi. Ishtirokchilar o‘z mahoratlarini va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etishdi.

🏐 Musobaqa yakunida jamoaviy bosqichlarda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ erkaklar va ayollar voleybol jamoalarining mutlaq g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa;

🏓 Stol tennisining yakka tur bosqichlarida korxonaning erkaklar vakili Muhiddin Xolbutayev va ayollar vakili bo‘lgan Nigoraxon Ximoilovalar raqiblaridan ustunlik qilib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

🏆G‘oliblar musobaqaning viloyat bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.