INTELLEKTUAL O‘YINDA ENG ZUKKO JAMOA ANIQLANDI
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
📊 12 ta jamoa, 60 nafar ishtirokchining har birini mantiqiy fikrlashga, bilimini yuzaga chiqarishga undovchi intellektual o‘yin qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.
💬O‘yin natijasi 15-sexning “Muhandislar” jamoasining mutlaq g‘alabasi bilan yakun topgan bo‘lsa, “Temiryo‘lchilar” jamoasi ikkinchi va “Nazorat tahlili” jamoasi esa uchinchi o‘rinni egallashdi.
⬇️ G‘olib jamoalarga Kasaba uyushma qo’mitasi va korxona rahbari tomonidan diplom va pul mukofotlari topshirildi.



