TO‘G‘RI YO‘L TANLAGANLAR G‘OLIBDIR: SHAXMAT MUSOBAQASI NATIJASI E’LON QILINDI
➡️ Shaxmat insonni fikrlashga undaydi, o’yinchining raqibi bilan sirli bahslashuvini namoyish qiluvchi doska o‘yinidir. “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi ham bugun mahoratli shaxmat ixlosmantlarini yana bir bor mahoratini kashf qildi.
➡️ Mamlakatimiz 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan musobaqa ayollar va erkaklar o‘rtasida o‘tkazildi. Oq va qora donachalarni mavhum strategiya orqali harakatlantirib shoh va mot qilish uchun kurash olib borgan ishtirokchilar bu safar anchagina ter to‘kishdi. O‘yin jarayonlari har safargidanda qiziqarli kechdi.
➡️ Natija kimningdir bitta yo’li shohini mot qilishi yoki o‘yinni tark etishiga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, musobaqaning bugungi g‘olibi Tatmoq va potstansiyalar uchastkasining xodimi Eshniyozov Bunyodbek bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Abdireyev Baglan hamda Ochilov Oqillar qo‘lga kiritishdi.
➡️ Ayollar o‘rtasidagi o‘yinlarda esa g‘oliblik Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexi xodimi Dilshoda Raupovaga, ikkinchi o‘rin Kazakbayeva Kumisga, uchinchi o‘rin esa Jumayeva Rushanalarga nasib etdi.



