AYOLLAR JAMOASI VOLEYBOL MUSOBAQASI G‘OLIBI

🏆 Bugun “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tashkil etilgan sportning voleybol, basketbol, mini-futbol, stol tennisi, gandbol hamda shaxmat turlari bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqalari boshlandi.

✍️ Musobaqaning bugungi bosqichida stol tennisi, shaxmat, ayollar o’rtasida voleybol va mini-futbol bo‘yicha bahslar olib borildi.

🥇 Unda korxonamiz ayollar jamoasi barcha jamoalar ustidan mutlaq g’alaba qozonib birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

✨ Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan musobaqa tarmoq korxona ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ular orasida do‘stlik aloqalarini o‘rnatish maqsadini ko‘zlaydi.