XODIMLAR TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

➡️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 360-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirining 2012-yil 10-iyuldagi “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 200-sonli buyrug‘iga asosan “Qizilum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🤪 Tibbiy ko‘rik Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshirildi. Unda ayollar hamda 40 yoshdan oshgan xodimlar uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ko‘riklar tashkil etildi.

✍️ Rejaga ko‘ra, 2025-yil ko‘riklarda 1194 nafar xodim o‘tkazilishi rejalashtirilgan.