“MEN DONORMAN” AKSIYASI O‘TKAZILDI
🎗“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari “Ezgulik albatta qaytadi” shiori ostida qon topshirish aksiyasida ishtirok etishdi.
🩸 Qon topshirish kimgadir — hayot, kimgadir esa — najot in’om etishdir. Mana shunday ezgu ishlarga korxona xodimlari ham o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.
➡️ Bu birdamlik harakati shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lganlarga zarur qon zaxirasini ta’minlash, balki muammoning dolzarbligi haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan.




