1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Navoiy shahrida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🔹 Unda taniqli san’atkorlar, so‘z ustalari hamda viloyat korxona, tashkilotlarda namunali faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar va ustoz, murabbiylar ishtirok etishdi.
🔹 Bayram tadbirida so‘z olganlar yurtimiz kelajagi va rivoji yo‘lida xizmat qilayotgan barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabriklashib, kelgusi faoliyatiga ezgu tilaklarni bildirishdi.
🔹 San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga yana ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

