RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVIDA MUHIM TAKLIFLAR O‘RTAGA TASHLANDI
🇺🇿 Oxirgi yillarda mamlakat iqtisodiyoti, xalqimiz ijtimoiy hayoti tubdan o‘zgardi, rivojlanishlar sezilmoqda. Bunda zamonaviy ilm olib, ta’limga bo‘lgan qiziqish va izlanishlari orqali dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘layotgan yoshlarning ham o‘rni katta.
✍️ Bugun korxona rahbari Rustam Saliyev faol va tashabbuskor yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvini olib bordi. Ularning muammolari, shaxsiy savollarini tinglash bilan birga, kasbini rivojlantirish, ish joylarini yaxshilash, yoshlar bilimini oshirish borasidagi takliflarini ham qo‘llab-quvvatladi.
✍️ Yoshlar mutaxassisliklari bo‘yicha tajriba oshirish, chet tillari kurslarini tashkil etish, chet tillari sertifikatiga ega yoshlarni rag‘batlantirish, Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexida ish samaradorligini oshirish maqsadida kerakli jihozlar bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumida ishchilar qalin ish kiyimlari bilan ta’minlanishi, oshxona taomnomalarini ko‘rib chiqish, uchastkalar tozaligini saqlash maqsadida farrosh ajratish kabi murojaatlar bilan yuzlanishdi.
📚 Taklif va murojaatlarni joyida hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
✍️ Uchrashuv so‘ngida korxona rahbari yoshlarga chet tillarni o‘rganish zamon talabi ekani va buning uchun koroxnada barcha sharoitlar yaratilayotgani va korxona rivoji uchun o‘z ustida ishlashni istagan mutaxassislarni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidlab o‘tdi.
16.10.2025




