▶️ 11-noyabr kasaba uyushma xodimlari kuni munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda mazmunli va ruhiy ko‘tarinkilik baxsh etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

▶️ Tadbir davomida ishchi-xodimlar kasaba uyushmalarining mehnat jamoasidagi o‘rni, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati hamda ishlab chiqarish madaniyatini mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi haqida fikr almashdilar.

▶️ Uchrashuvda jamoa faollari so‘zga chiqib, yil davomida amalga oshirilgan ishlar, ishchilar manfaatlari yo‘lida ko‘rsatilgan yordamlar va kelgusidagi rejalarga to‘xtalib o‘tdi. Tadbir jarayonida kasaba uyushmasi a’zolariga esdalik sovg‘alari, faol xodimlarga esa tashakkurnomalar taqdim etildi. Shuningdek, ishchi-xodimlar uchun bayram oshi tayyorlanib, tarqatildi.

▶️ Bayram munosabati bilan bemor qolgan ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolarining ham xolidan xabar olinib, ularning salomatligi haqida so‘ralib, bayramona tuhfa va iliq tilaklar bildirildi.

▶️ Tadbir nafaqat kasaba uyushmasi kunini nishonlash, balki jamoa birdamligini mustahkamlash, xodimlarning ishga bo‘lgan ruhiy tayyorgarligini oshirishga xizmat qildi.