XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

⏺ O‘zbekiston Kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda xotin-qizlar o‘rtasida quvonch va sport ruhiga boy voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

⏺ Musobaqa jarayonida jamoalar o‘zaro jipslik, chaqqonlik va g‘alabaga intilish ruhini namoyon etdilar.

Qizg‘in bahslar yakunida 🥇Karyer jamoasi faxrli 1-o‘rinni, 🥈 Ma’muriyat jamoasi 2-o‘rinni, 🥉 Kon transport sexi jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

✔️ Tadbir nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, balki xotin-qizlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi. G‘olib jamoalar korxona rahbariyati va Kasaba uyushmasi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.