MILLAT BAYROG‘I XALQIMIZ G‘URURI VA MUSTAQILLIK TIMSOLIDIR
🎉 Bugun Zarafshon shahrida yurtimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sana – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Zarafshon shahar hokimligi, IIB xodimlari hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir “Bir vatan — bir el, bir bayroq” shiori ostida tashkil etilib, xodimlarimizni Vatan ramzlariga hurmat ruhida yanada birlashtirdi.
🇺🇿 Tadbirda O‘zbekiston davlat ramzlarining tarixiy ahamiyati, bayroqdagi rang va timsollarning mazmuni haqida fikr yuritildi. Hamda yoshlar ishtirokida kuy-qo’shiqlar ijro etildi.
🇺🇿 Shuningdek, korxona sexlarida xodimlar ishtirokida “Bayrog‘im – faxrim!” nomli chorlovlar tashkil etilib, unda ma’rifiy viktorina, she’rlar va bayroq haqida motivatsion fikrlar bo‘yicha bellashuvlar olib borildi.
🇺🇿 Tadbir xodimlarimizning ma’naviy ruhini ko‘tarib, ularga milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamladi.




