Mahmudxo‘ja Behbudiy — milliy uyg‘onishning yo‘lboshchisi
Mamlakatimizda O‘zbek ma’rifatparvarligi tarixida yorqin iz qoldirgan Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanmoqda.
🥀 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari ham xalqni ilmga, taraqqiyotga chorlagan buyuk jadid arbobining xotirasini abadiylashtirish, ilmiy va ijodiy me’rosini keng targ‘ib etishda faol qatnashmoqda.
✔️ Mahmudxo‘ja Behbudiy — o‘zbek xalqining ma’rifat, taraqqiyot va uyg‘onish yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilgan, milliy matbuot va teatr asoschilaridan bo‘lgan buyuk jadid ma’rifatparvari.


