22-DEKABR — ELEKTRIKLAR KUNI

▶️ Korxonamizda energiya tizimining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlab kelayotgan, o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi elektrik mutaxassislari bugun e’tirof etildi.

▶️ 22-dekabr — Elektriklar kuni munosabati bilan mehnati, mas’uliyati va professional mahorati bilan ajralib turgan bir guruh xodimlar taqdirlandi. Ularning sa’y-harakatlari tufayli ishlab chiqarish jarayonlari uzluksiz, korxona faoliyati esa barqaror davom etmoqda.

▶️ Barcha elektriklarimizni kasb bayrami bilan tabriklaymiz! Sizga mustahkam sog‘liq, xavfsiz mehnat va yangi yutuqlar tilaymiz! ⚡️👏