“QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MCHJDA YANGI YIL BAYRAMI KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI!
🎄 Korxona jamoasi uchun tashkil etilgan Yangi yil bayram tadbiri barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi. Bayram dasturi qiziqarli va quvnoq o‘yinlar bilan boshlanib, xodimlarning faol ishtiroki bilan yanada maroqli o‘tdi.
🟡 Tadbir davomida jonli ijroda yangragan qo‘shiqlar, Qorbobo va Qorqiz chiqishlari, rang-barang shou dasturlari va sahna ko’rinishlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Yangi yil ramzi sifatida Yangi yil gulxani yoqilib, barcha ishtirokchilar uchun iliq va samimiy muhit yaratildi.
🎉 Shuningdek, mehmonlar uchun coffee break tashkil etilib, bayramona dastur davomida barchaga qulaylik yaratildi. Tadbirning eng quvonchli lahzalaridan biri sifatida “Yil nominatsiyalari” g‘oliblari e’lon qilinib, fidokorona mehnati bilan ajralib turgan xodimlar tantanali tarzda taqdirlandi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
🎄 Mazkur bayram tadbiri jamoani birlashtirgan, ijobiy kayfiyat va yangi marralar sari ilhom bag‘ishlagan yorqin xotira sifatida yodda qoldi. ☃️




