SPORT – JAMOANI BIRLASHTIRUVCHI KUCH!

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Basketbol musobaqalari o‘tkazildi.

🔹 Erkaklar o‘rtasidagi musobaqa yuqori kayfiyat va raqobat ruhida bo‘lib o‘tdi. Unda sex va bo‘limlardan tuzilgan 8 ta jamoa g‘alaba uchun maydonga tushdi. Har bir uchrashuv keskin bahslar, aniq zarbalar va jamoaviy hamjihatlik namoyishiga boy bo‘ldi.

⛹🏻‍♂️ Musobaqa davomida ishtirokchilar nafaqat jismoniy chiniqqanliklarini, balki tezkorlik, strategik fikrlash va jamoa bilan ishlash mahoratini ham ko‘rsatdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin – Karyer jamoasiga;
🥈 2-o‘rin – Avtotransport sexi jamoasiga;
🥉 3-o‘rin – Qo‘riqlash bo‘limi jamoasiga nasib etdi.

🏆 G‘olib jamoalarga Korxona rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan diplom va pul mukofotlari topshirildi.

✔️ Bunday sport tadbirlari jamoamizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xodimlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi