KORXONA XOTIN-QIZLARI O‘RTASIDA BASKETBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

🎗 Korxonamizda xotin-qizlar o‘rtasida basketbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport tadbiri ayollar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoa birdamligini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

✔️ Musobaqada korxonaning bo‘lim va sexlaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, o‘yin davomida o‘zlarining chaqqonligi, chidamliligi va aniq hujum texnikalarini namoyon etdilar. Bellashuvlar qizg‘in kurashlar va hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi.

▶️ O‘yin natijalari jamoalarning to‘plagan ochkolari asosida aniqlanib, quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇 1-o‘rin — Ma’muriyat jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Karyer jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Xo‘jalik ishlari bo‘limi jamoasi.

⏺ G‘olib va sovrindor jamoalar korxona rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan maxsus diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

📐 Mazkur musobaqa xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, ijobiy kayfiyat va jamoaviylik ruhini yanada mustahkamladi.