VATAN HIMOYACHILARI KUNI – FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ!
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi munosabati bilan korxonamizda ishchi-xodimlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir samimiy muhitda, yuksak ruh va bayramona kayfiyatda o‘tdi.
▶️ Bu kun vatandoshlarimiz orasida Vatanga sadoqat, fidoyilik va mardlik timsoli bo‘lgan ulug‘ ayyom sifatida nishonlanadi. Tadbir davomida xodimlarimiz vatanni madh etuvchikuy-qo‘shiqlar, bayram sovg‘alari bayram shukuhini yanada jonlantirdi. Mehmonlarga shirinliklar, ichimliklar va bayramona taomlar tortiq etilib, jamoada iliq muhit yaratildi.
🇺🇿 Bunday tadbirlar nafaqat bayramona kayfiyat bag‘ishlaydi, balki jamoani yanada jipslashtiradi, o‘zaro hurmat va birdamlikni mustahkamlaydi. Har bir ishtirokchining yuzidagi tabassum, samimiy suhbatlar va quvonchli lahzalar bu kunning naqadar qadrli ekanini yana bir bor namoyon etdi.
✔️ Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha himoyachilarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Ularning jasorati va matonati – kelajagimiz poydevori, tinch hayotimiz kafolatidir.


