O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi. Bu jarayon mamlakatimiz kelajagini yanada aniqroq rejalashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Mazkur muhim tadbir “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ham faol va tizimli tarzda davom etmoqda. Mazkur jarayonda korxona rahbarlari boshchiliga barcha xodimlar mas’uliyat bilan ishtirok etib, ro‘yxatga olish ishlariga o‘z hissasini qo‘shmoqda.


