Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va eksport masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Rustam Saliyev boshchiligida ishlab chiqarish jarayonlari va ma’dan qazish ishlarini yanada samarali tashkil etishga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✔️ Yig‘ilish davomida mavjud jarayonlar chuqur tahlil qilinib, samaradorlikni oshirish, ishlarni tizimli va xavfsiz yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Unda bo‘lim va sex rahbarlari, ishlab chiqarish jarayonlariga mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
👉 Shuningdek, yanvar oyi rejalari hamda eksport masalalari muhokama qilinib, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.


