Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha haydovchilar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
24.01.2026 kuni DAN xodimlari hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ avtobus haydovchilari ishtirokida yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida DAN xodimlari tomonidan hozirgi kunda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari tahlil qilinib, avtohalokatlarning asosiy sabablari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, haydovchilar tarkibiga muzlama va tumanli ob-havo sharoitida harakatlanishda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish, belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilish hamda transport vositalarining texnik holatini doimiy nazoratda saqlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuvda quyidagi DAN xodimlari ishtirok etdi:
Allanazarov Begali — Navoiy viloyati IIB YHXB JHX MAB inspektori, katta serjant.
Azamatov Aziz — Navoiy viloyati IIB YHXB JHX 1-TRIB inspektori, katta serjant.
Obloev Uyg‘un — Navoiy viloyati IIB YHXB JHX 1-TRIB inspektori, katta serjant.


