NAVOIY VA BOBUR — MA’RIFAT VA VATANPARVARLIK TIMSOLI

✍️ “Qizilqum Fosforit Kompleksi” MChJda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda badiiy kecha tashkil etildi. Tadbir doirasida buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Ikki dahoning bir yo‘li: ma’rifat, adolat, vatanparvarlik” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

📚 Tanlov jarayonida ishchi-xodimlar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy ijodiy merosi keng yodga olindi. Ularning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, g‘azallaridan namunalar mahorat bilan ijro etildi.
Ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda belgilangan shartlar asosida o‘z chiqishlarini taqdim etdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan baholash natijalariga ko‘ra, eng sara chiqishlari bilan “Orzu” hamda “Elektriklar” jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

✔️ Darhaqiqat, Navoiy merosini har kim har kuni mutolaa qilishi lozim. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijodiy merosi asrlar osha o‘z ahamiyatini yo‘qotmay, milliy qadriyatlarimiz, ma’rifat, adolat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirib, xalqimiz ma’naviyatining takrorlanmas me’rosi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.