Kasaba uyushmasining hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Kasaba uyushmasining hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi sarhisob qilinib, dalolatnoma tasdiqlandi hamda shartnomaga kiritilgan o‘zgartirishlar ma’qullandi.
✔️ 2025-yil davomida kasaba uyushmasi xodimlar manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish va sog‘lom mehnat muhitini yaratish yo‘lida tizimli ishlarni amalga oshirdi.
7⃣ 172 ta murojaat kelib tushdi — 141 tasi moliyaviy masalalar bo‘yicha bo‘lib, barchasi ijobiy hal etildi.
7⃣ 31 nafar xodim va ularning oila a’zolari sanatoriy yo‘llanmalari bilan ta’minlandi.
7⃣ 12 ta murojaat qonunchilik asosida ko‘rib chiqilib, ijobiy yechim topdi.
Hisobot davrida xodimlar farovonligi va jamoaviy faollikni oshirish maqsadida:
✔️ bayram va kasb bayramlari doirasidagi ko‘rik-tanlovlar hamda sport musobaqalariga — 166,4 mln so‘m;
✔️ respublika va viloyat miqyosidagi sport tadbirlariga — 164,4 mln so‘m;
✔️ “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasidagi Nurota, Buxoro, Samarqand va Jizzax shaharlariga sayohatlarga — 116,6 mln so‘m;
✔️ kam ta’minlangan, ko‘p bolali va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga — 33,9 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
⚡️ Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, Kasaba uyushmasi faoliyati xodimlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash hamda jamoada sog‘lom va birdam muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, mehnat muhitida ayollar va erkaklar teng huquqligiga erishish, Gender tenglikni ta’minlashda muhim qadamlar qo‘yildi.




