YOSH CHEGARASI EMAS, RUH MUHIM!
✅ Sog‘lom turmush tarzi – bu shunchaki shior emas. Bu jamoaning shiddati, kayfiyati va sog‘lom ruhiyatining asosi.
Jismonan va ruhan sog‘lom xodim – ishga mas’uliyat, g‘ayrat va yuqori natija demak.
🔹 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda sport va sog‘lomlashtirish harakatiga nafaqat yoshlar, balki tajribali xodimlar ham faol jalb etilmoqda.
🔹 Buni 40 yoshdan oshgan xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan Voleybol musobaqasi yana bir bor isbotladi.
Musobaqa haqiqiy sport ruhi, jamoaviy birdamlik va keskin bahslarga boy tarzda o‘tdi.
🏆 Natijalar:
🥇 1-o‘rin — “Karyer” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Ma’muriyat” jamoasi
🥉 3-o‘rin — Qo‘riqlash xizmati jamoasi
G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.
Korxonada sport va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettiriladi


