8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda bayramona uchrashuv tashkil etildi
💐 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda bayramona uchrashuv tashkil etildi. Unda Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev hamda korxona direktori Rustam Saliyev ishtirok etib, korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdilar.
✔️ Uchrashuv “Ayol – mehr, kuch va ilhom manbai!” mavzusi doirasida o‘tkazilib, “Ayollarni e’zozlash oyligi” tadbirlari ruhida davom etdi. So‘zga chiqqanlar ayollarning zahmatli mehnati, fidoyiligi va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.
✍️ Bugungi kunda korxonada 132 nafar xotin-qiz turli yo‘nalishlarda samarali mehnat qilmoqda. Ular orasida kon ishchilari, texnik xizmat vakillari, og‘ir yuk ko‘taruvchi kran mashinistlari, laborantlar hamda xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari bor. Har biri o‘z kasbiga mas’uliyat bilan yondashib, korxona rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
▶️ So‘nggi yillarda korxonada ayollar va erkaklar tengligini ta’minlash, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2025-yilda korxona “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining viloyat bosqichida “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman (shahar) davlat organi (tashkiloti)” nominatsiyasi bilan taqdirlangani ham bu boradagi sa’y-harakatlarning amaliy natijasidir.
💐 Bayram uchrashuvi davomida xotin-qizlarning mehnati alohida e’tirof etilib, ularga ezgu tilaklar bildirildi. Ayollarning har biriga gullar tuhfa etilib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi..




