HAR HAFTANING PAYSHANBA KUNI “YOSHLAR KUNI” ETIB BELGILANDI
✍️ Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda korxona rahbariyati va yosh xodimlar o‘rtasida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
▶️ Uchrashuvda korxona Bosh direktori Denis Petropavlovskiy hamda Bosh direktor maslahatchisi Rustam Saliyev yoshlar bilan uchrashib, ularning fikr, taklif va muammolarini tingladi.
📚 Muloqot davomida yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning rahbarlik salohiyatini rivojlantirish hamda yosh mutaxassislar sonini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yoshlar tomonidan bir qator amaliy taklif va murojaatlar bildirildi:
🔹 Kon transport sexida transport vositalarini ta’mirlash uchun ayvon qurish;
🔹 1- va 3-sexlarda zarur mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash;
🔹 Kechki smenada ishlayotgan xodimlar uchun oshxona taomlari sifatini yaxshilash;
🔹 Ishchilar uchun yuvinish xonalari sharoitlarini yaxshilash;
🔹 Kontrakt to‘lovlarini oylik ish haqidan ushlab qolish asosida moddiy yordam ko‘rsatish.
✍️ Korxona rahbariyati tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
✔️ Mazkur uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning korxona faoliyatidagi faolligini oshirish hamda rahbariyat va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.




