“Yurt obodligi, avvalo, o‘zimizdan boshlanadi!”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan 13–14 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari e’lon qilindi.

🌤 Mazkur tashabbus doirasida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ham bugun tongdan boshlab barcha sex va bo‘linmalar hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlandi.

Korxona ishchi-xodimlari ushbu ezgu tadbirda faol ishtirok etib, hududlarni yanada obod va fayzli qilishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

🌱 Hashar davomida daraxtlar butalandi va oqlash ishlari amalga oshirildi, xazonrez hamda shox-shabbalardan hududlar tozalandi, ekin ekish uchun yerlar tayyorlandi, ish joylari va xonalar obodonlashtirildi.

✅ Bunday umumiy sa’y-harakatlar nafaqat atrof-muhitni yanada go‘zal qiladi, balki jamoada hamjihatlik, birdamlik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlaydi.