MILLIY QADRIYATLAR, O‘YINLAR VA SUMALAK SAYLI – BAYRAMGA FAYZ BAG‘ISHLADI
💐 Korxona ishchi-xodimlari uchun sumalak sayli va milliy o‘yinlar tashkil etilib, bayram yanada qizg‘in tus oldi. Erkaklar o‘rtasida armlesting va arqon tortish musobaqalari o‘tkazilib, ular kuch va chaqqonlikda bellashdilar.
♻️ Ayollar esa aytishuv va besh tosh o‘yinlarida o‘z mahoratlarini namoyish etib, bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar. Sumalak atrofida esa xotin-qizlar tomonidan laparlar aytilib, Navro‘zning hikmati, ezgulik va umumbashariy qadriyatlar haqida samimiy suhbatlar qurildi.
▶️ Bayram yakunida musobaqa g‘oliblari hamda faol xodimlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
💐 Navro‘z — birlik, mehr va yangilanish ayyomi sifatida barchaning qalbida yorqin taassurot qoldirdi.




