XOTIRA — ELGA EHTIROM, AJDODGA SADОQAT

▶️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan korxona hududida “Xotira burchagi” tashkil etildi.

🔹Mazkur burchakdan korxona ishchi-xodimlarining Ulug‘ Vatan urushida mardlik va jasorat ko‘rsatgan ota-bobolari, urushning og‘ir sinovlarini boshdan kechirgan yaqinlari xotirasiga bag‘ishlangan surat va ma’lumotlar joy oldi.

💐 Tadbir davomida ishchi-xodimlar o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, gulchambarlar qo‘yishdi hamda duoyi-fotihalar qilishdi. Bu kabi ezgu qadriyatlar yurt tinchligi, inson qadri va ajdodlar xotirasiga bo‘lgan cheksiz hurmatning yorqin ifodasidir.

🕊 Hech kim unutilmaydi, hech narsa unutilmaydi.