RAHBAR VA ISHCHI-XODIMLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Bosh direktori Denis Petropavlovskiy korxona ishchi-xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy va ochiq ruhda kechgan muloqot davomida xodimlarning muammo, taklif hamda tashabbuslari tinglandi.

Uchrashuvda ishchi-xodimlar tomonidan:
🔹 yotoqxona derazalariga himoya to‘rlari o‘rnatish;
🔹 ishchilar oshxonasidagi taomlar sifatini yaxshilash va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish;
🔹 ishchilar uchun ajratilayotgan qo‘lqoplar sifatini oshirish;
🔹 maxsus kiyimlarni yuvish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish;
🔹 ustoz-shogird an’anasi asosida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning innovatsion va ratsionalizatorlik takliflarini rag‘batlantirish kabi masalalar ko‘tarildi.

✍️ Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda takliflarni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

⚡️ Shuningdek, uchrashuvda ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini oshirish, korrupsion holatlarni butunlay bartaraf etish, ishchi-xodimlar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash va ularning sharoitlarini yaxshilash eng muhim maqsad ekani ta’kidlab o’tildi.