♟️ SHAXMAT MUSOBAQASIDA KUCHLILAR SARALANDI
🧪 Kimyogarlar kuni hamda “Kimyo haftaligi” doirasida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Intellektual bahslar murosasiz va qiziqarli ruhda kechib, ishtirokchilar o‘zlarining strategik fikrlashi, sabr-toqati va zukkoligini namoyon etdilar.
Bahslar natijasiga ko’ra
🏆 Erkaklar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Temir yo‘l sexi xodimi Bagʻlan Abdireyev;
🥈 2-o‘rin — Qo‘riqlash bo‘limi qo‘riqchisi Oqiljon Ochilov;
🥉 3-o‘rin — Qo‘riqlash bo‘limi qo‘riqchisi Davlat Qoʻziyevlarning g’alabasi bilan yakunlandi
🏆 Ayollar o‘rtasida esa:
🥇 1-o‘rin — Avtotransport sexi tabelchisi Gulshoda Tosheva;
🥈 2-o‘rin — Karyer kon ishchisi Zaxro Egamberdiyeva;
🥉 3-o‘rin — Texnik nazorat va sinov laboratoriyasi laboranti Kumus Kazakbayevalar munosib topildi.
✍️ Musobaqa davomida har bir dona ustida puxta o‘ylangan yurishlar, diqqat va iroda uyg‘unligi intellektuallarni kashf etdi.
