KORXONA ERKAKLAR VOLEYBOL JAMOASIDAN YANA BIR YUTUQ VA YANGI KUBOK!
🏐 Navoiy viloyati Konimex tumani Yangi G‘azg‘on qishlog‘ida voleybol sport turi bo‘yicha Konimex tumani ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.
✔️ Turnirda respublikamizning turli hududlaridan 30 ga yaqin jamoa ishtirok etdi. Ular safida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi ham faol qatnashdi.
📇 Murosasiz kurashlar, kutilmagan hujumlar va hayajonli lahzalarga boy tarzda o‘tgan turnir yakunida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, musobaqa kubogi sohibiga aylandi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — “Fosforit” jamoasi;
2-o‘rin — “Yangi G‘azg‘on” jamoasi;
3-o‘rin — Namangan viloyati terma jamoasi.
🏖 Musobaqada mehmon jamoalar sifatida Qozog‘iston Respublikasi hamda Namangan, Jizzax, Samarqand, Toshkent va Buxoro viloyatlarining jamoalari ham ishtirok etdi.
