E’TIROF — MEHNATGA BERILGAN YUKSAK BAHO
💐 Kimyogarlar kuni kasb bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbir davomida korxona ravnaqi va ishlab chiqarish taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar taqdirlandi.
✔️ Jumladan, 33 nafar mehnat fidoiylari, faol xodimlar hamda o‘z kasbining ustalari “Asian Chemical Group” MChJ, “O‘zkimyosanoat” AJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ hamda O’zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika kengashining maxsus faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
💐 Taqdirlash marosimida xodimlarning ko‘p yillik samarali mehnati, mas’uliyati, tashabbuskorligi hamda korxona rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.
