NAVBATDAGI “RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” TAKLIF VA TASHABBUSLARGA BOY BO’LDI

✔️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ bosh direktori Dines Petropovilskiyning korxona yoshlari bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

✍️ Uchrashuv davomida yosh mutaxassislar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda korxona faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar.

📌 Xususan, uchrashuvda:

🔹 Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexini zarur xo‘jalik tovar-moddiy boyliklari bilan ta’minlash;

🔹 Temir yo‘l sexi ovqatlanish xonasida qulay sharoitlar yaratish;

🔹 Markaziy laboratoriya xodimlarining ish kiyimlari masalasini ko‘rib chiqish;

🔹 Ishchilar oshxonasida taomlar assortimenti va menyusini takomillashtirish;

🔹 Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexida ish unumdorligini oshirish maqsadida zamonaviy qurilmalarni joriy etish;

🔹 Avtotransport sexi ta’mirlash maydonchasining shart-sharoitlarini yaxshilash hamda zarur jihozlar bilan ta’minlash;

🔹 Yer osti kabellarini aniqlash uskunasini xarid qilish orqali vaqt va mablag‘ tejamkorligiga erishish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🤝 Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda har bir murojaat va taklif mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

✨ Uchrashuv yakunida bosh direktor Dines Petropovilskiy korxona rahbariyati yoshlarning tashabbuslari, innovatsion g‘oyalari va takliflarini doimo qo‘llab-quvvatlashini, ularni qiynayotgan masala va muammolarni tinglash hamda yechim topishda har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanini ta’kidladi.