XAYRIYA HASHARIDA KORXONA XODIMLARI HAM FAOL ISHTIROK ETDI

❇️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida xayriya hashari olib borilmoqda.

🌲 Hashar doirasida korxonaning barcha bo‘lim va sex hududlari obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash va daraxtlarni oqlash ishlari bajarildi. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarga shakil berish ishlari sifatli tashkil etildi.

✍️ Bu kabi xayrli ishda korxona ishchi-xodimlari davlatimiz mustaqilligini munosib nishonlashda uyushqoqlik va birdamlik bilan o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.