SOG‘LOM OILA – SOG‘LOM KELAJAK GAROVI

💬 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yosh oilalar o‘rtasida “Biz sog‘lom turmush tarzini tanlaymiz” shiori ostidagi sport musobaqasi o‘tkazildi.

🏃🏻‍♀️ Musobaqada korxonada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning oila a’zolari va farzandlari qatnashdi. Bellashuvlarda ishtirokchilar darvozani tо‘g‘ri nishonga olish, arqondan sakrash, quvnoq estafeta o‘yinlari orqali o‘zlarining chaqqonligi hamda mahoratini sinab ko‘rishdi.

👨‍👧‍👧Musobaqa natijasiga ko‘ra,

✔️ Xojiyevlar oilasi “Eng chaqqon oila”;
✔️ Babakulovlar oilasi “Eng ahil oila”;
✔️ Muxammedovlar oilasi “Eng zukko oila”;
✔️ Babamurodov oilasi “Eng faol oila” nominatsiyalariga ega bo‘lishdi.

💠 Musobaqa oilalarda do‘stlik muhitni yaratish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish maqsadini ko‘zlaydi.

🎁 G‘olib olilalarga korxona rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

17.12.2024